Bir xil topshiriqni biri darhol bajaradi, boshqasi xafa bo'lib cho'zadi. Sabab dangasalik emas, xarakter. 30 ta savolga javob bering va har bir xodimingiz 6 turdan necha foiz ekanini, kim yaxshi menejer chiqishini ko'ring.
Ismi va lavozimini yozing. Uning so'nggi 2-3 haftadagi xulqini eslang.
Har gapni 0 dan 4 gacha baholang: hech qachon, kam, ba'zan, ko'pincha, doim.
6 tur bo'yicha foizlar, asosiy tur, menejerlik salohiyati va boshqarish maslahati. Hamma xodimlar jamoa xaritasiga qo'shiladi.
Asosiy tur odamning ishdagi xulqini, ehtiyojini va stressdagi reaksiyasini belgilaydi. Model Process Communication Model (Taibi Kahler) ga asoslangan.
Javobni xodimning odatiy xulqiga qarab bering, bir martalik holatga emas.
Baholangan xodimlar shu yerga tushadi. Ma'lumot faqat sizning brauzeringizda saqlanadi, hech qayerga yuborilmaydi.
Saytda alohida sahifa, yuklab olish shart emas. Ichida:
Bu variantda rahbar xodimni kuzatuviga qarab baholaydi. Shunda xodim "to'g'ri javob" berishga urinmaydi va natija xolisroq chiqadi. Xohlasangiz, xodimga ham o'zini baholatib, ikkala natijani solishtiring.
Test yo'nalish beradi, tashxis emas. Eng ishonchli natija uchun xodimni 2-3 hafta kuzating, testni tinch davrda o'tkazing va natijani ish natijalari bilan birga ko'ring.
Emotional, Rebel va Imaginer turlari yomon xodim degani emas. Ular mijoz bilan ishlashda, ijodda va chuqur ishda kuchli. Lekin qattiq qaror, intizom va odamlarni boshqarish talab qiladigan lavozimda ular tez charchaydi yoki tartib buziladi. Shuning uchun boshqaruvga qo'yishdan oldin sinov muddati kerak.
Xodimlar natijasi faqat sizning brauzeringizda saqlanadi. Biz ularni ko'rmaymiz. Boshqa qurilmaga o'tkazish uchun CSV faylga yuklab oling.
Ha. Bir xil ism bilan qayta baholasangiz, eski natija yangisi bilan almashadi. 3-6 oyda bir marta qayta baholash foydali.